YOSH ISTEʼDODLAR KASHF ETILDI

Joriy yilning 19-21-iyun kunlari Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladigan Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, musiqa va sanʼat kollejlari yosh ijrochilari respublika tanlovining “Xoreografiya sanʼati” yoʻnalishi boʻyicha saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlovda uch yoʻnalish boʻyicha 11 nafar iqtidor egalari oʻzaro bellashdilar. Oʻzbek milliy raqslari, xalq sahna raqslari va zamonaviy raqslarni ijro etgan ishtirokchilar orasidan eng istyedodli hamda mahoratli yosh ijrochilar tanlab olindi.
1-oʻringa Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi oʻquvchisi Haydarov Islom Ilhom oʻgʻli
2-oʻringa Fargʻona ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi oʻquvchisi Rasulova Ruhshona Maqsudjon qizi
3-oʻringa Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchisi Muhammadjonova Kamola Murodjon qizi munosib deb topildi.
Yosh isteʼdodlarga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan