Joriy yilning 27-iyun kunidan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2021-2022 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Imtihon jarayonlari karantin qoidalariga qatʻiy rioya qilingan holda tashkil etildi. Abituriyentlarning oʻzaro masofa saqlashi, tibbiy niqob taqishi, imtihonda yakka tartibda ishtirok etishi toʻliq taʼminlandi.
Imtihonga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari B.M.Axmedov tashrif buyurib, imtihonning tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi va oʻqishga qabul qilishda adolat bilan jarayonning shaffofligini taʼminlash boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.