Uch avlod uchrashuvi

Joriy yilning 17 avgust kuni Yakkasaroy tumanida mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri о‘tkazildi. Yakkasaroy tumanida uzoq yillar el-yurt uchun samarali xizmat qilgan mehnat faxriylari, islohotlar muvaffaqiyati yо‘lida jonbozlik kо‘rsatib kelayotgan о‘rta avlod vakillari hamda faol yoshlar tumanning sо‘lim gо‘shasiga bir piyola choy ustida dildan suhbat qurish uchun taklif etildi.
Tadbirda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov sо‘zga chiqib tumanimizda istiqlol yillarida, ayniqsa keyingi besh yilda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini aniq raqamlar, hayotiy misollar orqali ta’kidlab o‘tildi. Tadbirda sо‘z olgan nuroniylar hamda yoshlar vakillari yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yangilanish va tub о‘zgarishlar haqida о‘z mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv dilkash suhbatlar, dilrabo kuy-qо‘shiqlar bilan davom etdi. Tadbir ishtirokchilariga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan