EMLANISH — SALOMATLIK VA CHEKLOVLARSIZ HAYOT GAROVIDIR!

Ma’lumki, sо‘nggi kunlarda dunyo bо‘ylab, xususan, yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatining kо‘payishi kuzatilmoqda.

Bugun virusni jilovlash va sog‘ligimizni munosib himoya qilishning birdan-bir yо‘li bu – kasallikka qarshi kurashish va emlanishdir.

Aziz talabalar! Bu baloni daf qilish, yurtimizdan butkul chiqarib yuborish о‘zimizning qо‘limizda. Bunda har bir inson jamiyatning faol a’zosi ekanini unutmasligimiz lozim. Savdo-sotiq bо‘ladimi, transportdami yoki о‘quv muassasasidami, qayerda bо‘lishdan qat’iy-nazar sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy amal qilish juda muhimdir.

Shu о‘rinda barcha talaba-yoshlarimizga shu narsani yana bir bor eslatib о‘tmoqchi edikki, tо‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan talabalarga 2021/2022 о‘quv yili uchun bazaviy tо‘lov-kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi (2021/2022 о‘quv yilida 1-kursga talabalikka qabul qilingan talabalar bundan mustasno).

Qadrli talaba-yoshlar! Sizlar buyuk kelajagimiz quruvchisi va poydevorisiz. Shunday ekan biz Sizlarni doimo sog‘lom, baquvvat va о‘z sohasining fidoyi kadrlari sifatida kо‘rishni xohlaymiz.

Shu bois, akademiya rahbariyati barcha talaba-yoshlarimizni virusga qarshi vaksina olib, о‘zlari va yaqinlari sog‘ligini asrashga chorlab qoladi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan