Joriy yilning 1-may kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2- kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi homiyligida Boku Xoreografiya Academiyasi tomonidan tashkil etilgan “Xoreografiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi V Xalqaro simpoziumda ishtirok etdi.
Mazkur ilmiy anjuman 29-aprel “Xalqaro raqs kuni” munosabati bilan o‘tkazilib, unda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Rossiya va boshqa qator davlatlardan yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda soha vakillari qatnashdi.
Simpozium doirasida Y.Tairova “O‘zbekiston xoreografik identifikatsiyasini shakllantirishda etnostil semiotikasi” mavzusida ma’ruza qildi. Mazkur tadqiqotda madaniy kodlar, an’anaviy plastika hamda milliy raqs identifikatsiyasining shakllanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik chuqur tahlil etildi.


