O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining yana bir ulkan xalqaro muvaffaqiyati!
Akademiyaning “San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sanjar Xasanov hamda uning hamkori Darina Matveeva Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan nufuzli “Lo Show Dei Record” (Ginnes rekordlari shousi) dasturida ishtirok etib, yangi jahon rekordini o‘rnatdilar.
Rekord mohiyati:
Havodagi tasmalarda insonni og‘iz (tish) yordamida ushlab turgan holda maksimal vaqt davomida aylanish (spinning).
Natija: 3 daqiqa 22 soniya
Mazkur natija inson jismoniy imkoniyatlarining yuqori darajasini namoyon etish bilan birga, mustahkam iroda, qat’iyat va yuksak professional tayyorgarlikning yorqin ifodasidir. Ushbu rekord xalqaro miqyosda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Akademiya jamoasi Sanjar Xasanov va Darina Matveevani ushbu tarixiy yutuq bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlar bilan faxrlanamiz!
Zafaringiz bardavom bo‘lsin, aziz qahramonlar!