“Lazgi” III xalqaro raqs festivali doirasida Xorazm viloyati hokimligining maxsus estalik sovg‘alari topshirilmoqda

Ayni damda Xorazm viloyati hokimligining maxsus estalik sovg‘alarini topshirish uchun sahnaga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi Bosh direktori Fotih Jalolov hamda Xiva shahar hokimi Timur Davletovlarni taklif etilib,

➡️ “Eng yaxshi raqs”
nominatsiyasi bo‘yicha faol ishtirokchi Turkiya Respublikasining Anqara davlat sahna san’ati ansambli;

➡️ “Eng yaxshi xoreogrof” nominatsiyasi bo‘yicha Malayziyaning “Anak seni pendi puteri” raqs jamoasidan Amandu Paul Bin Pananda;

➡️ “Eng yaxshi yosh raqqos” nominatsiyasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining “Solnishko” raqs teatr studiyasi taqdirlanadi.

➡️ “Eng yosh raqqos va raqqosalar” nominatsiyasi g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan Alina Babeshko,
Jaras Joldasbayev, Shahzod Abdusaidov hamda Sabrina Shavkatovalar taqdirlanadilar.

So’ng, festival doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan quyidagi ishtirokchilar “Muxlislar olqishi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi:

➡️ Gulnaz Maksudova – Qirg‘iziston Respublikasi;
➡️ Nidha Misra – Hindiston;
➡️ Yaponiyaning “Nasrin – O‘zbek va Fors” ansambli;
➡️ Turkmaniston Respublikasining “Dessan” raqs guruhi.

Madaniyat vazirligi jamoasi “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining barcha g’oliblarini samimiy muborakbod etib, kelgusi ijodiy ishlarida ulkan parvozlar tilaydi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan