Ayni damda xalqaro ko‘rik-tanlovning 3-o‘rin sohiblarini taqdirlash uchun sahnaga Hakamlar-hay’ati a’zolari Mo‘g‘uliston Milliy san’at va madaniyat universiteti huzuridagi San’at va madaniy tadqiqotlar instituti direktori Erdenetsetseg Shinen, Qozog‘iston Respublikasining “Qazina” xalq raqs ansambli badiiy rahbari va bosh baletmeysteri Ajibekova Zaure hamda Vengriya Respublikasidan tashrif buyurgan Badiiy dasturlar direktori, Xalqaro loyihalar menedjeri Andrea Vinczelarni taklif etildi.
G‘oliblarga maxsus statuetka, diplom va 2 000 AQSH dollari pul mukofotlari taqdim etiladi.
➡️ “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” nominatsiyasi g‘olibi Shohjaxon Berdibekov – O‘zbekiston Respublikasi;
➡️ “Eng yaxshi raqs jamoasi” nominatsiyasi g‘olibi “Krijachok” raqs ansambli – Belarus Respublikasi;
➡️ “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” nominatsiyasi g‘olibi “Buxoro mavjlari” raqs ansambli – O‘zbekiston Respublikasi.
Madaniyat vazirligi jamoasi “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining barcha g’oliblarini samimiy muborakbod etib, kelgusi ijodiy ishlarida ulkan parvozlar tilaydi.








