Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrugʻi bilan Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

📅Mazkur me’yoriy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni 3807-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

✔️ Nizom oliy taʼlim jarayoni va tizimini tashkil etish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini, oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

🚫Ushbu nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

📝Hujjat Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladi.

♻️Nizom qoidalari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tavsiyaviy xarakterga ega.

➡️Batafsil

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan