Avvalroq, poytaxtda bo‘lib o‘tadigan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi haqida xabar bergan edik.
Forum doirasida 18-may kuni soat 19:00da poytaxtdagi “Tashkent city” bog‘ining amfiteatr majmuasida forum ishtirokchilari uchun “OPEN AIR” gala-konserti bo‘lib o‘tadi!Mazkur gala-konsertda O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli xonandalari ishtirok etadi.
Jumladan, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov, taniqli xonanda Otabek Muhammadzohid, xalqaro tanlovlar laureatlari Umid Israilov, Damir Raxmonov, To‘lqin Tojiyev, Musag‘ali Moldabayev, Yorqinxo‘ja Umarov, Sherzod Masharipov, Yasmina Husniddinova “Do‘stlik” ordeni sohibi Akjol Meldebekov va Yasmina Omar-Mun “Shuhrat” medali sohibi Rasul Abdullayev va Sabina Hamdamova hamda “Bek” ansambli, “Tomosha” bolalar musiqali teatr studiyasi o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanak Mammadova hamda rossiyalik taniqli xonanda Stas Pexa ham ushbu gala-konsertda ishtirok etadi.
“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi doirasida “OPEN AIR” gala-konserti bo‘lib o‘tadi!