Talabalar o‘rtasida “Talaba Fest” festivali o‘tkaziladi.

Respublikamizdagi barcha hududlar boʻylab oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun 23-maydan 16-iyunga qadar “Talaba Fest” festivali boʻlib oʻtadi.

Festival doirasida “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Liboslar”, “Eng mazali taomlar” koʻrgazmalari, sport musobaqalari, musiqiy chiqishlar, shoir, yozuvchi va ijodkorlar bilan mushoiralar, karaoke, robototexnika koʻrgazmalari, “Talabalar teatr studiyalari” kompozitsion chiqishlari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari shou chiqishlari, “Zakovat” va “Munozara” oʻyinlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari ishtirokida harbiy chiqishlar hamda “Shashlik day” musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️Festival oʻtkaziladigan sana va manzillar

➡️Festival doirasidagi tadbirlar dasturi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan