Work and Travel: Ham sayohat, ham daromad. Endi dasturda qatnashish muammo emas!

“Work and Travel” — bu shunchaki safar emas. Bu talabalar uchun xalqaro muhitda ish tajribasiga ega bo‘lish, yangi madaniyatlar bilan tanishish va dunyoqarashni butunlay o‘zgartirish uchun katta imkoniyatdir.

Yoshlar ishlari agentligi intiluvchan talabalarga dastur xarajatlari (viza va aviachipta) uchun maxsus ssuda mablag‘larini ajratishni yo‘lga qo‘ydi.

Maqsad — yoshlarimizning moliyaviy to‘siqlarsiz xalqaro malaka oshirishlari va o‘z salohiyatlarini namoyon etishlari uchun keng yo‘l ochib berishdir.
Hamma jarayon raqamlashtirilgan va shaffof:
📌Ariza topshirish: Hech qanday qog‘ozbozliksiz, uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishingiz mumkin.

📩Murojaat va qo‘shimcha savollar uchun: Dastur shartlari bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga maxsus ko‘makchi Telegram-botimiz orqali tezkor javob oling: Work and Travel Support Bot

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan