O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2025/2026-o’quv yili bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi!
💠 Ushbu imtihon — bu shunchaki baho emas. Bu sizning ko’p yillik mehnatingiz, sahnadagi har bir harakatingiz, nazariy bilimlaringiz va ijodiy mahoratingizning haqiqiy sarhisobi!
✅ MUHIM ESLATMA: Attestatsiya jarayonlari 2025-2026 o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvali hamda akademiya rektorining 2026-yil 18-fevraldagi 01-04-05/19-T-sonli buyrug’i asosida tashkil etilmoqda.
✅ Shaffoflik
✅ Adolat
✅ Yuqori saviya — bular attestatsiyaning asosiy mezonlari hisoblanadi.
✔️ Barcha bitiruvchi talabalarimizga: Sinovlardan yuzi yorug’, muvaffaqiyatli o’tishni tilaymiz! Kelajakda o’z sohalarining yetuk mutaxassislari bo’lib, Vatanimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo’shishingizga ishonamiz!


