YANGI OʻQUV YILI YANGI YUTUQLAR BILAN BOSHLANDI

Kuni kecha Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda akademiya rektori Shuxrat Toxtasimov mustaqilligimizning 30 yilligi va yangi oʻquv yili bilan barchani tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, tadbir davomida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati rahbar xodimlari va oʻqituvchilariga mukofot tantanali tarzda topshirildi.

Akademiyamizning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari nomidan ushbu yuksak mukofot sohiblarini samimiy qutlab, ularga sihat-salomatlik va kelgusidagi faoliyatlarida bundanda ulkan zafarlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan