Talaba Fest 2026

Kuni kecha, 21-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada akademiyaning faol va sportsevar talabalari ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamkorligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirdi. Musobaqa davomida talabalar sport orqali do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviylik kabi muhim fazilatlarni yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

“Talaba Fest – 2026” festivali doirasida o‘tkazilayotgan bunday sport tadbirlari talaba-yoshlarning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz va g‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan