O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya san’ati” fakulteti 6211000 – “San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun yakuniy Davlat attestatsiyasi doirasida Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya jarayonida 11 nafar bitiruvchi talabaning ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Talabalar o‘z mavzulari yuzasidan olib borgan izlanishlari, nazariy va amaliy xulosalarini muvaffaqiyatli taqdim etib, komissiya a’zolarining savollariga batafsil javob berdilar.
Bitiruv malakaviy ishlari komissiya raisi boshchiligida munosib baholanib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi va ilmiy salohiyati e’tirof etildi.
Akademiya jamoasi bitiruvchilarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklaydi hamda ularning kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan yutuqlar, yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi.







