26-iyun — “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”

26-iyun — “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Renesans kino uyi”da “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur o’rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa va san’ati instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda A.S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filiali jamoasi ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo’lgan bellashuvda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Iste’dod” jamoasi munosib ishtirok etdi va diplom bilan taqdirlandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan