Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Sarbon universitetida ko‘chma dars

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi (turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi bo’yicha 1-kurs magistratura talabalari uchun Sarbon universitetida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fani doirasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi falsafa fanlar doktori (DSc), professor v.b. Muratova Dildora Abdumanapovna tomonidan ko‘chma dars olib borildi.

Dars davomida quyidagi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar keng muhokama qilindi:
🔺 Interfaol o‘qitish texnologiyalari — talabalarning faol ishtirokini ta’minlovchi «Aqliy hujum», «Klaster», «B/B/B» (Bilaman / Bilmoqchiman / Bildim) kabi metodlar san’at yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga moslashtirilgan holda tahlil qilindi.
🔺 Keys-texnologiya (Case Study) — real pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish orqali talabalarning muammolarni mustaqil hal etish ko’nikmalari shakllantirildi.

Ko‘chma dars magistratura talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

♾ Talabalar dars davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida qo‘llash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan