Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug’iga binoan, 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi O’quv ishlari bo‘yicha prorektori Jumayev Sobir Saidovich ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasi uchun “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Akademiya jamoasi nomidan mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!