Talabalar xavfsizligi — ustuvor vazifa!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda turli huquqbuzarlik va firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida, Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB XPB OTM PKI katta leytenanti G.Matisakova hamda akademiya yoshlar yetakchisi J.Mirsoliyev tomonidan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga “Qo’riqchi” APK ilovasi, uni ulash tartibi, asosiy vazifalari va undan foydalanishning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi hamda mazkur tizimning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, talabalarni turli firibgarlik holatlaridan himoya qilish, shubhali vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalarga notanish shaxslarning shubhali takliflariga ishonmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, firibgarlik alomatlarini farqlash hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mavzu yuzasidan videolavha ham namoyish etildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan