Raqs san’ati — qalb va ijod uyg‘unligi!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedrasi katta o‘qituvchisi Usеinova Susanna Enverovna «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Ijod formulasi» ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi.

✨ Ko‘rsatuv davomida raqs san’atining sehrli olami, uning o‘ziga xos sir-sinoatlari, kasbning zavqli jihatlari va mashaqqatlari, ijodiy faoliyati,izlanishlar, muvaffaqiyat sari eltuvchi «ijod formulasi», hayotiy tajribalar hamda akademiyadagi ta’lim sohasi haqida so‘z yuritildi.

💎 Ma’lumot o’rnida:
Dasturda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Zamonaviy raqs” yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Vladislava Miretskaya, «Xoreografiya jamoalari rahbari» yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Elizar Rubtsov hamda mazkur yo‘nalishning 2-bosqich talabasi Zulayxabonu Xasanovalarning ishtiroki ham ko‘rsatuvga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

💎Zero, raqs bu nafaqat harakatlar uyg‘unligi, balki qalb kechinmalari, milliy qadriyatlar va betakror ijodiy tafakkurning san’at tilidagi ifodasidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan