O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tayanch doktoranti Yuliya Tairova O‘zbekistondagi Erasmus+haftaligi doirasida tashkil etilgan Erasmus+ International Days 2026 tadbiriga taklif etildi.
✅Joriy yilning 12-oktyabr kuni Markaziy Osiyo universitetida (Toshkent) ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va gender tengligini ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan «Her Power, Our Future» nomli EMPOWER xalqaro loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
♾ Tadbir ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, tadqiqot hamjamiyati vakillari va talabalarni tajriba almashish, xalqaro hamkorlik natijalarini taqdim etish va oliy ta’limni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun birlashtirdi.