BAYROĞIM — ĞURURIM! Bir bayroq ostida – bir xalq, bir maqsad, bir ğurur!

Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasida kuni keça, 17-noyabr kuni “Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği töğrisida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bağişlangan “Bayroğim — ğururim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.

Tadbirni Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich tabrik sözi bilan oçib, barçani Davlat bayroğimiz qabul qilinganligining 35 yilligi hamda 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Şuningdek, 17-noyabr -Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talaba-yoşlarni ham tabriklab, ularga bilim oliş, ijodiy izlaniş va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşiş yölida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraşi va Vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayroğining tantanali ravishda kötarilişi bilan boşlandi. Şundan söng, Davlat bayrğimizning tarixi, mazmun-mohiyati va xalqimiz hayotidagi örni aks etgan videorolik namoyiş etildi.

Tadbir davomida taklif etilgan mehmonlar ham sözga çiqib, Davlat bayroğining milliy özligimiz, mustaqilligimiz, xalqimizning sha’ni va ğururini ifodalovçi muqaddas ramz ekanini ta’kidladilar. Ular özlarining samimiy tabriklari, mazmunli nutqlari hamda badiiy çiqişlari bilan tadbirga alohida fayz bağişladilar.

Mehmon san’atkorlar tomonidan ijro etilgan dilbar qöşiqlar va akademiya talabalarining gözal raqslari tomoshabinlarga özgaça, bayramona kötarinki kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot örnida:
Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar:
🔣Maxfirat Zikirova – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bölim boşliği;
🔣Feruza Muhitdinova – Toşkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori;
🔣Mehmonali Salimov – Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat akademik musiqali teatri aktyori, Özbekistonda xizmat körsatgan artist;
🔣Axtam Karimov – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, şoir;
🔣Adolat Ismoilova – Özbek milliy maqom san’ati markazi xonandasi, “Şuhrat” medali va “Nihol” davlat mukofoti sohibasi.

Ayniqsa, Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talaba-qizlarimizning nafaqat ijroçi, balki ijodkor sifatida ham namoyon bölgani e’tiborga molik bo‘ldi. Ular özlari yaratgan raqs kompozitsiyasini sahnada namoyiş etib, yoşlarning ijodiy salohiyati, taşabbuskorligi va san’atga bo‘lgan yuksak qiziqişini yana bir bor namoyon etdilar.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Nargiza Alimovaning bevosita boşçiligida yuqori saviyada taşkil etildi.

Davlat bayroği — mustaqilligimiz timsoli, milliy iftixorimiz va yoruğ kelajagimiz ramzidir! Uni e’zozlaş, qadrlaş va unga munosib bo‘liş har birimizning sharafli burçimizdir.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan