Joriy yilning 19-noyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat Toxtasimovning bir guruh iqtidorli talabalar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu davra suhbatida Shuhrat Toxtasimov talabalarning har biri bilan alohida muloqot olib borib, ularning qiziqishlari, istaklari va maqsadlari, ular uchun akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar xususida suhbatlashdi.
Talabalar orasida namuna bo’la oladigan iqtidor egalarini alohida e’tirof etib, ularning namunali xulqi va izlanuvchanligi boshqalarga o’rnak ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, davra suhbati davomida akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Mirmuhsin G’ofurov talabalarga ilmiy-ijodiy izlanishlari davomida zarur bo’ladigan yo’l-yo’riq va maslahatlarni berib o’tdi.