Bugun, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘lim boshlig‘i N.Ovlaqulov hamda Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan о‘rinbosari M.Shukurlayevlar kichik guruhlarda talabalar bilan navbatdagi suhbat jarayonlarini olib bordilar.
Suhbat davomida akademiya talabalariga nisbatan ijtimoiy himoya masalalarini kuchaytirish, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bugungi kunda ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar tо‘g‘risida ma’lumotlar berib о‘tildi.
Shuningdek, muloqotda ishtirok etgan talabalar muammolari atroflicha о‘rganilib, yechimi yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.