VIKTORINA TASHKIL ETILDI

Bugun, 12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida tashkil etilgan online tadbirlar doirasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan «Stress menejment» intellektual viktorinasi va seminar-trening bo’lib o’tdi.

Viktorinada О‘zDXA va akademiyaning Urganch filiali talabalari ishtirok etib, psixologiyaga oid savollarga javob berdilar. Shuningdek, kafedra dotsenti Muqaddas Rizayeva tomonidan talabalarga psixologik maslahatlar berildi.

Qiziqarli savol-javob va fikr-mulohazalarga boy tarzda o’tgan viktorinada eng faol ishtirok etgan “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Matkarimova Fotima g’olib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz! Ta’til davri mobaynida akademiyada intellektual viktorinalar davom etadi va g‘oliblarga pul mukofotlari taqdim etiladi. Hurmatli talabalar, siz ham kelgusi online viktorinalarda ishtirok eting va g‘oliblikni qо‘lga kiriting.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan