BILIMDON TALABALAR VIKTORINASI DAVOM ETMOQDA

Bugun, 13-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida tashkil etilgan online tadbirlar doirasida navbatdagi viktorina bo’lib o’tdi.

“Xoreografiya” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “O`zbek raqs bilimdoni” intellektual viktorinasida professor-o’qituvchilar tomonidan talabalarga o’zbek raqs san’ati namoyondalari, milliy raqs san’atimizning o’ziga xosligi, fanga oid adabiyotlar yuzasidan savollar berildi.

О‘zDXA va akademiyaning Urganch filiali talabalari faol ishtirok etgan mazkur viktorinada navbatdagi g’olib qizg’in savol-javoblar asosida aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz! Viktorina davom etadi. Hurmatli talabalar, siz ham kelgusi online viktorinalarda ishtirok eting va g‘oliblikni qо‘lga kiritib, pul mukofotiga ega bo’ling.

  

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan