DIQQAT, MUHIM!

Maʼlumki, respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab barcha taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli xil talqin qilinib, keng jamoatchilik, ayniqsa talaba-yoshlar va ularning ota-onalari orasida ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xoreografiya sohasining oziga xos xususiyati va OʻzDXAning oʻquv jarayoni grafigiga koʻra 1-2-kurslar uchun nazariy taʼlim, 3-4 -kurslar uchun attestasiya jarayoni boshlanganligi hamda talabalar turar joyida shart-sharoitlar yetarli ekanini hisobga olib Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 7-fevraldan boshlab akademiyada taʼlim jarayonlari toʻliq anʼanaviy shaklda olib borilishini maʼlum qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan