O’QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari tо‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yо‘nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan joriy yilning 4-fevral kuni onlayn о‘quv-seminar tashkil etildi.

Ushbu о‘quv-seminarda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul barcha xodimlar faol ishtirok etib, seminar davomida о‘z fikr-mulohazalari va takliflarini berib о‘tdilar.

О‘quv-seminarda “Talabalar turar joylarida yashash tartib-qoidalarini tushuntirish, о‘rgatish va intizomni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari”, “Oliy ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlari samaradorligini oshirish, faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirishga doir meyoriy-huquqiy hujjatlar”, “Xodimlarning psixologik kompotentligi, kreativligi va imidji” va “Mahallalarda kitobxonlikning targ‘iboti hamda yoshlar yetakchilari bilan birgalikda ishlashning istiqbollari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Seminar samimiy va hayotiy tavsiyalarga boy tarzda о‘tib, haqiqiy tajriba almashish maydoniga aylandi va ishtirokchilar tomonidan bu kabi mazmunli suhbatlar muntazam tashkil etib borilishi taklifi bildirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan