Bugun, 12-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bag‘ishlangan “So‘z sehrining sultonlari” nomli adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.
Tadbirni «O’zbek tili va adabiyoti» kaferdrasi mudiri, professor M.Murodova kirish so’zi bilan ochib, tadbirning qisqacha mazmun-mohiyati haqida so’zlab berdi. Shundan so’ng, kafedra professori R.Jamonov so’zga chiqib, hazrat Navoiyning sermahsul ijodi, bugungi о‘zbek tilining rivojiga qо‘shgan hissasi, g‘azallaridagi falsafiy qarashlar tо‘g‘risida ma’ruza qildi.
Tadbirning ikkinchi qismida shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodidagi о‘ziga xosliklar, uning zurriyodlari kechirgan hayot yо‘llari haqida professor M.Murodova atroflicha ma’lumotlar berib о‘tdi.
Shuningdek, tadbirda akademiyaning “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v.b. Sh.Umarov Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari bilan kuylangan ashulalarni ijro etib, tadbir ishtirokchilariga kо‘tarinki kayfiyat ulashdi. Qolaversa, akademiyaning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlari ham bu ikki ulug‘ sо‘z sehri sultonlarining g’azal va ruboiylaridan o’qib berdilar.
Tadbir so’ngida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor N.Qosimov sо‘zga chiqib, tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, faxrimiz va g‘ururimiz bо‘lgan ulug‘ ajdodlarimizga bag‘ishlangan bu kabi mazmunli hamda maroqli tadbirlarni muntazam tashkil etib borish taklifini bildirdi.