TALABALAR TURAR JOYIDA ADABIY-BADIIY KECHA BO`LIB O`TDI!

Joriy yilning 14-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Bobur lirikasida ilm-ma’rifat talqini” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbirda «O’zbek tili va adabiyoti» kaferdrasi mudiri, professor M.Murodova, tyutor H.Ro’ziboyev, «Xoreografiya» fakulteti dekani o’rin bosari M.Shukurillayevlar hamda akademiyaning bir guruh iqtidorli talabalari ishtirok etishishdi.

Tadbir avvalida M.Murodova so’zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Boburning sermahsul ijodi, mashaqqatli hayoti haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Shuningdek, talabalar ulug’ ajdodimiz ijodiyotidagi o’ziga xosliklar haqidagi savollariga javoblar olib, o’zlari uchun qiziq jihatlar to’g’risida ham so’zlab berdilar.

Ushbu adabiy-badiiy kechada talabalar buyuk o’zbek shoiri, beqiyos davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur barchamiz uchun chinakam faxru-g’urur siymosi ekanini yana bir bor angladilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan