OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

Bugun, 15-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida akademiya rektori Shuhrat Toxtasimov va 1-kurs magistrantlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda magistrantlar bilan o’tgan birinchi yarim yillikda olib borilgan ilmiy izlanishlar to’g’risida va kelgusidagi o’quv yilida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida suhbatlashildi. Sh.Toxtasimov magistrantlarga ilmiy tadqiqot olib borishda qay jihatlarga e’tibor qaratish zarurligi haqida zarur maslahatlarini berib o’tdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida 2021-yil 17-dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod ixtisoslashtirilgan san’at maktabida bo’lib o’tgan “Ustoz saboqlari” nomli ijodiy uchrashuvda maktabning raqs о‘qituvchilari hamda о‘quvchi-yoshlariga bergan saboqlari uchun maktab rahbariyati tomonidan taqdim etilgan Tashakkurnoma topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan