ZULFIYAXONIM TAVALLUDINING 107 YILLIGI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 1-mart kuni hassos shoira, chinakam о‘zbek ayoli timsoli, buyuk qalb egasi О‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ijodiy davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, professor v.b. M.Murodova kirish sо‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun-mohiyati tо‘g‘risida ma’lumot berib о‘tdi va sо‘zni kafedra professori R.Jamonovga berdi. R.Jamonov Zulfiyaxonimning о‘ziga xos ovozi, uslubi, hayotdagi voqeliklarga haqqoniy baho bera olishi, samimiylik va badiiy jozibadorlik uning she’rlariga barhayotlik baxsh etgani, shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurib, mazmunli umr kechirgani, qisqa vaqt bо‘lsa-da, ikki shoir qushning qо‘sh qanotlaridek bahamjihatlikda yashab, ijod qilgan vaqtlari haqida hayoti misollar bilan sо‘zlab berdi. Shuningdek, Sharq ayollariga xos tengsiz nazokatu latofati, aql-zakovatni о‘zida mujassam etgan Zulfiyaxonim XX asrning buyuk ayollari qatoridan о‘rin olgani, Neru nomidagi va “Nilufar” xalqaro mukofotlarining sovrindori sifatida u nafaqat О‘zbekistonda, balki butun jahonda dovrug‘ qozongani haqida ham ta’kidlab о‘tdi.

Qolaversa, davra suhbatida M.Murodova hamda akdemiyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektori N.Qosimov mustaqillik yillarida shoira ijodini о‘rganishga bо‘lgan e’tibor – 1999 yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgani, shundan buyon har yili respublikamiz shahar va viloyatlaridagi maktab, litsey hamda kollejlarning har jihatdan iqtidorli, ijodkor qizlari ushbu mukofot bilan taqdirlanib kelayotgani, 2008 yilda Toshkent shahrida ijodkorning haykali о‘rnatilishi esa adabiyot ixlosmandlari uchun yana bir quvonchli hol bо‘lgani haqida talabalarga sо‘zlab berdilar.

Chindan ham baxtiyor shoira, о‘tkir qalam sohibi sanalgan Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbatida talabalar shoira hayoti va ijodiga oid о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbir mazmunli, fikr-mulohazalarga boy, kо‘tarinki ruhda bо‘lib о‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan