MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 1-mart kuni Yakkasaroy tumani 5-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya»kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsida «Xalq sahna raqsi» fani o‘qituvchisi Olga Komarova, «Zamonaviy raqs» ta‘lim yo‘nalishi o‘qituvchisi Alevtina Boreyko boshchiligida bir guruh talabalar hamda konsertmeyster Taisiya Glazunovalar ishtirok etib, o‘quvchilar bilan xalq sahna raqsi va zamonaviy raqs mashg‘ulotlarini olib bordilar.

O‘quvchilar bilan olib borilgan amaliy mashg‘ulotlarda ularning yoshi va qiziqishlariga ahamiyat qaratildi, ularning quvnoqlik hamda diqqat-e’tibor bilan har bir raqs harakatini o‘zlashtirishlari o‘qituvchilar uchun ham zavq bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan