“MADANIYAT VA SANʼAT XODIMLARI KUNI” MUBORAK BOʻLSIN!

Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli sohada qator islohotlar amalga oshirilayotgani barchamizga maʼlum. Qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlar xususan, 26-may 2020-yil Oʻzbekiston Respeblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-sonli farmonida 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” etib belgilanishi sohaning barcha vakillari tomonidan beqiyos xursandchilik bilan kutib olindi.

Shu munosabat bilan barcha madaniyat va sanʼat fidoyilari Sizlarni bugungi kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etib, barchangizga zalvorli, ham faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun chuqur hurmatimizni bildirib, samimiy, ezgu tilakalarimizni izhor etamiz.

Aziz ustozlar va hurmatli hamkasblar, Sizlarga uzoq va barokatli umr, oilaviy hotirjam va baxtli turmush, kelgusi faoliyatlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor barchangizga 15-aprel – “Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” muborak boʻlsin, azizlar!

Shuhrat Toxtasimov,
Oʻzbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi rektori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan