O’zbekiston davlat xoregrafiya akademiyasida joriy yilning 18-aprel kuni Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i rahbarligida barcha tuman Madaniyat bo’limi boshliqlari va Bolalar musiqa va san’at maktablari direktor o’rinbosarlari ishtirokida akademiyaning Namangan viloyatidan kelib ta’lim olayotgan 20 dan ortiq talaba-yoshlari o’rtasida talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlashning istiqbolli rejalarini belgilash va “Karerani rejalashtirish kunlari” doirasida targ’ibot uchrashuvi hamda davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Namanganlik talaba-yoshlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv ikki tomonlama bahs-munozara va savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’zga chiqqan Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i K.Siddiqov namanganlik talabalarga jabhalardagi bo’sh (vakant) joylari hamda u yerda yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli shartnomalar tuzilib, kelgusida talabalarni ish bilan band qilish hamda yoshlarni bandlik qamrovini yanada kengaytirish masalalarida hamkorlikni yanada kuchaytirish va istiqbolli yo’l xaritalari belgilab olindi.