XORIJLIK MEHMONLAR TASHRIF BUYURDI

 

Xabaringiz bor, 25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida «Lazgi» xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu festivalga kо‘plab xorijiy mamlakatlardan mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Festival doirasida bugun О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga bir qator xorijlik raqs ustalari tashrif buyurdilar. Mehmonlar akademiya faoliyati bilan tanishib, о‘zbek milliy raqslaridan baxramand bо‘ldilar.

Shuningdek, tadbir davomida turk, ozarbayjon raqs ustalarining betakror ijrolari, bolgariyalik xoreograflar tomonidan tashkil etilgan mahorat darsi barcha tadbir ishtirokchilarida katta taasurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan