O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 24-martdagi 2/10-12 son modemogrammasi ijrosini ta’minlash maqsadida bugun О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida akademiyaning 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilarini respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari doirasida tashkilot va muassasalarga ishga taqsimlash jarayonini samarali tashkil etish maqsadida “Taqsimot komissiyasi” ishtirokida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Yig‘ilishda bitiruvchilarni akademiyada egallagan ta’lim yo‘nalishlari va malakasiga, kadrlarga bo‘lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlash, shuningdek, har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtirish ishlari olib borildi.