YOSH IJROCHILAR KO`RIK-TANLOVI BO`LIB O`TDI

Xabaringiz bor, kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi akademik davlat katta teatrida «Yosh balet ijrochilari» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlovda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi magistranti Sardor Sadinov 1-o‘rin va 3-kurs talabasi Alina Gizatullinalar 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Ushbu yutuq bilan S.Sadinov hamda A.Gizatullinalarni akademiya nomidan samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi ilmiy-ijodiy o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! O‘zbek baleti rivojiga ulkan hissa qo‘shib, o‘z iste’dodlarini jahon sahnalarida ham namoyish etadilar deb ishonch bildiramiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan