Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘limiz bilan bunyod etamiz” shiori ostidagi respublika esselar tanlovining birinchi bosqichi “Biz kelajak bunyodkorimiz!” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda akademiyaning “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Matluba Murodova boshchiligidagi hakamlar hay’ati a’zolari akademiyaning talaba-yoshlari orasidan iqtidorli ishtirokchilarni saralab oldilar.