AYKULASH AKADEMIYADA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-112-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2022-yilda hududlardagi madaniyat muassasalari tomonidan o’zarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gostrol safarlarini, hududning “Madaniyat kunlari” tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali”ga muvofiq joriy yilning 25-28-may kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tayotgan Qoraqalpog’iston Respublikasi “Madaniyat kunlari” tadbirlari doirasida joriy yilning 27-may kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Aykulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat Toxtasimov mehmonlarning tashrifi bilan qutladi va ularga akademiya nomidan esdalik sovg‘alar taqdim etdi. O‘z o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri Qalbay Turdiyev esdalik sovg‘alar bilan о‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shundan sо‘ng, “Aykulash” ansambli tomonidan qoraqalpoq milliy kuy-qо‘shiqlari, betakror raqslari ijro etilib, tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bо‘ldi. Tashrif doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari yanada mustahkamlanishiga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan