ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish e’lon qilinadi.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari:
• Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha);
• San’atshunoslik (turlari bo‘yicha);
• Xoreografiya (turlari bo‘yicha);
• Xoreografiya (zamonaviy raqs);
• Xoreografiya (baletmeyster-rejissor).
Abiturientlardan hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
barcha hududlarda:
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.my.dtm.uz) orqali.
Shuningdek, qabul jarayoniga oid ma’lumotlar va natijalarni akademiyaning (www.uzdxa.uz) veb-sayti va rasmiy telegram kanali (https://t.me/uzdxa_qabul_2022) orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan