2022-yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan ShHT sammiti o‘z yakuniga yetdi

Sammitda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi tadbirning bosh yakuniy hujjati bo‘ldi.

Jami 44 ta hujjat – bitim, konsepsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixida rekord ko‘rsatkichdir.

ShHT madaniy tadbirlari doirasida rasmiy va norasmiy qabul marosimlari tashkil etilib, madaniyat va san’at sohasining 250 nafardan ortiq vakillari sammitda xizmat qilishdi. Hukumat topshirig‘iga asosan Samarqand shahridagi markaziy saylgohda “ShHT ko‘chasi” loyihasi amalga oshirildi.

Mazkur loyihada 110 nafar O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi milliy madaniy markazlar vakillari, 70 nafarga yaqin usta-hunarmandlar, 230 nafar san’atkorlar va 14 nafar tashkiliy guruh a’zolari faol ishtirok etishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan