O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi.

#diqqat_elon
2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi.

(https://t.me/eduuz/10683)Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliygohlarda o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi 4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi.

Olimpiada ikki turda o‘tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular:

1️⃣ ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball;
2️⃣ suhbat – 50 ball.

Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilari xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish 15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan