Bugun, ya’ni 25-noyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Inkyuziv ta’lim: imkoniyati cheklangan bolalar va raqs san’ati” mavzuidagi IV Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Konferensiya «Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish» mavzuidagi grant loyihasi doirasida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F-sonli farmoyishiga binoan o’tkazildi.
Ushbu konferensiyaga O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rahbariyati, professor o’qituvchilari, mehmonlardan Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xoreografiya fakulteti dekani, dotsent Novikov Konstantin Aleksandrovich, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Nikolayeva Lyubov Aleksandrova, O’zbekiston davlat konservatoriyasi professori Botir Matyoqubov va boshqalar ishtirok etdilar.
Konferensiyani O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov tabrik so’zi bilan boshlab berdi.
Shuningdek, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xoreografiya fakulteti dekani, dotsent Novikov Konstantin Aleksandrovich “Влияние концертно-творческой деятельности на формирование эстетической культуры студентов-хореографов”, O’zbekiston davlat konservatoriyasi professori Botir Matyoqubov “Jismi noqis qalbi go’zal san’atkorlar”, O’zbekiston davlat xoreografiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov “Xoreografiya san’atining imkoniyati cheklangan bolalar hayotidagi o’rni”, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xoreografiya kafedrasi o‘qituvchisi Xudoynazarova Shaxzoda “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish”, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xoreografiya kafedrasi dotsenti Eshimbetova Aydin Ibadullayevna “Танцевально-двигательная терапия и ее роль в воспитании и развитии детей с особенностями развития” mavzularida ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, sho‘balarga bo‘lingani holda o‘z ishini davom ettirgan Xalqaro anjumanda professor-o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Sho‘balar quyidagi mavzularda olib boriladi:
1-sho‘ba: “Xoreografiya ta’limi orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish”
2-sho‘ba: “Madaniyat va san’at muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar bilan ish olib borish”
3-sho‘ba: “Xoreografiya san’ati: muammo va yechimlar”
4-sho‘ba “Madaniyat va san’at ta’limida shaxs ma’naviyati masalalari”
Konferensiya so‘ngida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi raxbariyati tomonidan anjuman mehmonlari va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar taqdim etildi. Quyida ushbu konferensiyaga oid suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.