“Karyerani rejalashtirish kunlari” doirasida Farg‘ona viloyati ish beruvchilari bilan talabalar o‘rtasida targʼibot uchrashuvi hamda davra suhbati oʼtkazildi

Joriy yilning 24-noyabr kuni talaba-yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni mehnat bozorida oz orinlariga ega bolishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida  Ozbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.Toxtasimov hamda Fargona viloyati madaniyat boshqarmasining 30 dan ortiq tizim tashkilotlari va Fargʼona viloyatidan kelib taʼlim olayotgan 20 dan ortiq talaba-yoshlar ortasida “Karyerani rejalashtirish kunlari” doirasida targibot uchrashuvi hamda davra suhbati boʼlib otdi.

Tadbirda soʼz olgan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori M.Gʼofurov yigʼilganlarni xoreografiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-ijodiy ishlar jarayoni hamda samaradorlik natijalari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv ikki tomonlama bahs-munozara va savol-javoblarga boy tarzda oʼtdi. Tadbir davomida sozga chiqqan talabalar masʼullarga oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolar, ishga joylashish masalalaridagi turli xil taklif hamda mulohazalarini bildirdilar. Talabalarning barcha savollari hamda taklif mulohazalari masʼullar tomonidan diqqat bilan eshitildi va barcha savollar tadbir songiga qadar oʼz javobini topdi.

Tadbirda sozga chiqqan Fargona viloyati madaniyat boshqarmasi masʼul xodimi talabalarga viloyatdagi boʼsh (vakant) joylar va ularga kelgusida yaratib beriladigan mehnat shart-sharoitlari haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida shartnomalar tuzilib kelgusida ikki tomonlama ilmiy-ijodiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda oʼzaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan