Joriy yilning 24-noyabr kuni talaba-yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni mehnat bozorida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.Toxtasimov hamda Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasining 30 dan ortiq tizim tashkilotlari va Fargʼona viloyatidan kelib taʼlim olayotgan 20 dan ortiq talaba-yoshlar o‘rtasida “Karyerani rejalashtirish kunlari” doirasida targ‘ibot uchrashuvi hamda davra suhbati boʼlib o‘tdi.
Tadbirda soʼz olgan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori M.Gʼofurov yigʼilganlarni xoreografiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-ijodiy ishlar jarayoni hamda samaradorlik natijalari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv ikki tomonlama bahs-munozara va savol-javoblarga boy tarzda oʼtdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan talabalar masʼullarga oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolar, ishga joylashish masalalaridagi turli xil taklif hamda mulohazalarini bildirdilar. Talabalarning barcha savollari hamda taklif mulohazalari masʼullar tomonidan diqqat bilan eshitildi va barcha savollar tadbir so‘ngiga qadar oʼz javobini topdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi masʼul xodimi talabalarga viloyatdagi boʼsh (vakant) joylar va ularga kelgusida yaratib beriladigan mehnat shart-sharoitlari haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuv yakunida shartnomalar tuzilib kelgusida ikki tomonlama ilmiy-ijodiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda oʼzaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishildi.