Magistratura bo‘limida ilmiy seminar

Joriy yilning 25-26-noyabr kunlari Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2-kurs magistrantlari Yokubova Dildoraning “Освешениe узбекского национального танца в информационных сетях (на примере возраждения ансамблья “Баҳор”)” mavzusida, Sabirova Olga Sergeyevnaning “Балетноe искусство в годы Независимости Республики Узбекистан” mavzusida va Babeshko Alinaning “Популяризация наследия узбекского национального танца в международном уровне” mavzusida  dissertatsiyalari bо‘yicha ilmiy seminar tashkil etildi.

Ilmiy seminarda akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.K. Gʻofurov, Magistratura boʻlimi boshligʻi M.U.Adasheva, “Xoreografiya” kafedrasi professori Oʻ.N.Muxamedova, Filologiya fanlari nomzodi, professor R.O.Jomonov, ilmiy rahbarlar 1-kurs va 2-kurs magistrantlari ishtirok etdilar. Yokubova Dildora, Sabirova Olga va Babeshko Alinalarning dokladlari qiziqarli va munozaraga boy bo‘ldi. Seminarda ishtirok etayotgan boshqa magistrantlar ham koʻplab tajriba va ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Tashkil etilgan ilmiy seminarlarda dissertantlarning kelgusida tо‘g‘rilashi va tо‘ldirishlari kerak bо‘lgan ma’lumotlari kо‘rib chiqilmoqda. Magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha bir qancha taklif va mulohazalar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan