O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tdi.
Bunda akademiyaning professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ishtirokida turli xil manzarali ko’chatlar, gullar ekilib obodonlashtirish ishlari yakdillik bilan olib borildi.