Xolmatova Ra’nohon TursunboevnaToshkent davlat xoreografiya Akademiyasining psixologi
|
MEHNAT FAOLIYATI
1983-1984 yillar. -Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 44-sonli o’rta maktabda kotib1984-1989 yillar – Toshkent davlat chet tillar instituti talabasi
1994-1997 yillar – «Odil» xususiy firmasida kotib – yordamchi
1997-1998 yillar – «Sharkdonmahsulot» AKning ofis menejeri
1998-2003 yillar – Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasida konsullik bo’limi kotibi2004-2010 yillar – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o’qituvchisi.2011– 2019 – «Moziydan Sado» o’zbek-rus-ingliz jurnallarida tarjimon. («Moziydan Sado»)
2019 y. – h.v. – Тошкент давлат хореография Академиясининг психологи
Lavozim vazifalari:
- a) xoreografiya akademiyasi ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ruhiy, jismoniy va ijtimoiy tomondan muhofaza qiladi va psixologik shart-sharoit yaratadi;
- b) bolalar xuquqini ximoya qilish konvensiyasi asosida faoliyat yuritadi. Xoreografiya akademiyasi ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi va ijtimoiy moslashmaslik va zо‘riqishlarning yuz berishini oldini olishni ta’minlaydi.
- v) xoreografiya akademiyasining meyoriy-uslubiy hujjatlariga mos holda ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil qiladi;
- g) о‘quvchi shaxsini aniqlashda ularga maxsus metodikalar asosida psixologik-pedagogik va ijtimoiy-psixologik tashxis qо‘yadi;
- d) о‘quvchi shaxsini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlaydi. Psixologik yordam kо‘rsatish yо‘llarini topadi (Psixologik tuzatish va rivojlantirish, reabilitatsiya va maslahat berish). Muammolarni hal qilishda о‘quvchilar, ota-onalar va pedagogik jamoaga yordam kо‘rsatadi;
- ye) о‘quvchilardagi ruhiy, jismoniy va boshqa xarakterlarni aniqlash uchun testlar о‘tkazadi. Bulardan tashqari aqliy rivojlanish, qobiliyat, iqtidor va imkoniyatlarni testlar orqali aniqlaydi. Test natijalarini baholaydi va izohlaydi;
- j) о‘tkazilgan tadqiqotlarga asosan ota-ona, pedagogik jamoaga о‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi muammolar yuzasidan psixologik va pedagogik xulosalarni yetkazadi;
- z) hujjatlarni talab darajasida yuritadi va ulardan о‘rnatilgan tartibda foydalanadi. О‘quvchilarni individual va yosh xususiyatlariga qarab rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar tuzish va rejalashtirishda ishtirok etadi. Ularga hayotiy va kasbiy о‘z о‘zini anglashida, turli holatlarda muammolarni о‘zlari hal qilishlariga tayyorligini shakllantirishda yordam beradi;
- i) iqtidorli о‘quvchilarni ruhan qо‘llab quvvatlaydi. Ularning rivojlanishiga va izlanishiga kо‘mak beradi. О‘quvchilarni aqliy, jismoniy, hissiy hamda ijtimoiy rivojlanishidagi og‘ishlar darajasini aniqlaydi va pedagogik-psixologik korreksiya ishlarini olib boradi;
- k) о‘quvchilar, ota-onalar, pedagogik xodimlarning psixologik madaniyatini О‘quvchilarda jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantiradi. Xoreografiya akademiyasi xodimlariga muassasaning rivojlanishi haqida maslahatlar beradi. Amaliy psixologiyani qо‘llash, о‘quvchilar, ota-onalar va pedagogik xodimlarni ijtimoiy-psixologik malakalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Bilishi lozim:
- a) О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi qonunlari, qonun hujjatlari, О‘rta maxsus ta’lim markazi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy xujjatlarini, kо‘rsatma va axborotlarini; ta’lim muassasasining ustavini;
- b) jamoa muhitiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik ta’sir va omillarni bilishi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, yosh psixologiyasi xususiyatlari, bolalar neyropsixologiyasi asoslari, psixodiagnostikada erishilgan yutuqlarni, individual psixologik xususiyatlarni, injenerlik psixologiyasi va mehnat psixologiyasi, defektologiya asoslari, psixoterapiya, seksologiya, psixogigiyena, kasb-hunarga yо‘naltirish, kasbga kirish, test о‘tkazish metodikasi, kasbiy maslahat berishning zamonaviy usullarni qо‘llash va individual va guruhiy tarzda ishlashni. Xulqi og‘ishgan о‘quvchilarni tashxis qilish va ular bilan korreksion ishlar olib borishni;
- v) tadqiqot о‘tkazish texnologiyasini bilish, natijalarni kompyuterda tahlil qilish. Psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy axborotlarini;
- g) mehnat xavfsizligini, sog‘liqni muhofaza qilish, о‘quvchilarning bо‘sh vaqtlarini tо‘g‘ri tashkil qilish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish.
Bajarishi lozim:
- a) muhim muammolarni hal etish va ularning samarali yо‘llarini topishni;
- b) vazifasi yuzasidan suhbatlar va munozaralar, uchrashuvlar tashkil qilishni.
Malaka talablar:
oliy psixologik yoki pedagogik ma’lumot.